Mamlakat axborot vaziri Muhammad al Mo‘maniyning ma'lum qilishicha, 10 kishi terrorchilik guruhi a'zosi bo‘lgan. Ular qator terrorchilik xurujlari, jumladan "2003 yili Iordaniyaning Bag‘doddagi elchixonasi va xavfsizlik xizmati xodimlariga hujum qilgan".
Yana besh kishi "dahshatli jinoyatlari uchun" qatl etilgan. Ta'kidlanishicha, mamlakatda so‘nggi bor oliy jazolarni ijro etish 2014 yilda amalga oshirilgan.










