O‘yin bosh hakami Feliks Brix o‘yindan oldin gazon holatini tekshirgan va bunday ob-havo sharoitida o‘yinni o‘tkazishning imkoni yo‘q deb hisoblagan. O‘yinni qoldirish qarori mahalliy muxlislar tribunalarga kelib joylashgan vaqtda qabul qilingan.



Undan oldinroq «Borussiya» avtobusi Lotte shahridagi stadionga borish yo‘lida botqoqqa botib qolgan. Avtobusni traktor yordamida surishgan.











