«Men Malavidan opa-singil egizaklarni asrab olishim bo‘yicha jarayon yakunlangani haqida rasman ma'lum qilaman, men juda ham baxtiyorman, endi ular oilamiz a'zolari», — deya yozgan u instagramdagi sahifasida.
U bolalarni asrab olishida yordam ko‘rsatgan kishilarga minnatdorchilik bildirgan.
«Do‘stlarimga, oilamga va jamoamga ham qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildiraman», — deya qayd etgan Madonna.
Bundan oldinroq Madonnaga Malavida yana ikki bola asrab olishiga ruxsat berilgani haqida xabar qilingandi.











