«Anadolu» agentligi xabariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida Sinjon, Chubuk, Yenimahalle va Mamak tumanlarida aksilterror amaliyot o‘tkazilgan.
Ankara politsiyasi boshqarmasi xodimlari amaliyot davomida IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan 60 kishini qo‘lga olgan, ularning aksar qismi xorijliklar.
Qo‘lga olingan shaxslar Ankara politsiya boshqarmasiga yetkazilgan.











