Hodisa shanba kuni ertalab ro‘y bergan. Yirtqich Italiyaning Palermo shahri ko‘chalarida bir necha soat davomida aylanib yurgan. Oxir-oqibat uni payqab qolgan avtomobil haydovchilari politsiyani chaqirishdi.

Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari yo‘lbarsni qafasga bir amallab qaytarishdi. Buning uchun yo‘ldagi transport harakatini cheklash kerak bo‘ldi.

Oskarni ushlash bo‘yicha amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi, hamda uni sirkka qaytarishdi. Jonivor nima sabadan qochib ketgani noma'lum.