Chovusho‘g‘lu birinchi bo‘lib Buenos Ayresga keladi. Bu yerda ikki tomonlama, shu jumladan ilmiy-texnik, savdo va sayyohlik sohalarida kelishuvlar imzolanadi. 2010 yilda Anqara va Buenos-Ayres Havo transporti haqidagi kelishuv, Diplomatik akademiyalar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashgan. Chovusho‘g‘luning joriy safari vaqtida Bojxona sohasida hamkorlik va o‘zaro ko‘mak haqidagi kelishuv imzolanadi.
So‘ngra Chovusho‘g‘lu Paragvayga yo‘l oladi. Bu Turkiya tashqi ishlar vazirining Paragvayga birinchi tashrifi bo‘ladi. Tashrif vaqtida Havo aloqasi haqida ikki tomonlama kelishuv hamda Do‘stlik va hamkorlik haqidagi kelishuv imzolanadi.
Dominikan Respublikasi Turkiya tashqi ishlar vaziri tashrif buyuradigan uchinchi davlat bo‘ladi. Tashrif vaqtida Turkiya va Dominikan Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama kelishuvlarni rivojlantirish masalalari hamda mintaqaviy ma'muriyatlar doirasida hamkorlik muhokama qilinadi.
Chovusho‘g‘lu Lotin Amerikasi bo‘ylab turnesini Meksikaga tashrif bilan yakunlaydi.











