Tergov materiallariga ko‘ra, Berluskoni o‘zining shaxsiy buxgalteri Juzeppe Spinelliga tergov ostida bo‘lgan qizlarga ular sud jarayonida yolg‘on gapirishlari uchun pul yetkazib berishni buyurgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, 2016 yil sentabrdan hozirgacha Berluskoni buxgalteri orqali 4 qizga 2-3 ming yevrodan 10 ta to‘lovni amalga oshirgan.

Avvalroq Milan prokuraturasi Berluskoniga nisbatan guvohlarni sotib olishda gumon qilinishi bo‘yicha tergovni qayta boshlashi ma'lum qilingandi. Sobiq bosh vazir uning Arkordagi villasidagi ko‘ngilxushliklarda ishtirok etgan qizlarga hech narsa aytmasliklari uchun pul bergan bo‘lishi mumkin.