Uning so‘zlariga ko‘ra, Maykl qasddan o‘ldirilgan. Uning aytishicha, otasining o‘zi, «ular meni qachondir o‘ldiradi» degan.

«Bu aniq. Hammasi suiqasd ekani ko‘rinib turibdi. Barchasi avvaldan uyushtirilganga o‘xshaydi. Haqiqiy muxlislari va oila a'zolari buni biladi», — deb ishonch bildirgan Peris Jyekson.

U, shuningdek, aybdorlarni topib, ularni odil sudga tortishni xohlashini qo‘shimcha qilgan. Perisning qayd etishicha, otasining o‘limini «juda ko‘pchilik tilagan».