Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 35 nafarga yetgan. Voqea joyi vayronalardan tozalanmoqda. U yerda kinologlar itlar bilan ishlashmoqda. Halok bo‘lganlarning yaqinlariga ruhiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida chodirlar o‘rnatilgan.
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, fojiada jabrlanganlar bilan 14 ta tez tibbiy yordam brigadasi va 60 ga yaqin shifokor ish olib bormoqda.










