Sedolni mag‘lub etgan algoritm haqida uzoq vaqt unutishdi. Biroq, o‘tgan yilning 29 dekabr kuni Go onlayn-o‘yin maydonlarida Master laqabli o‘yinchi paydo bo‘ldi. U 60ta o‘yindan birortasida mag‘lub bo‘lmadi. Bittasida durang qayd etilgan. U ham bo‘lsa, Masterning hujumiga dosh berolmagan raqib o‘yinni tark etgan.
5 yanvar kuni DeepMind ishlab chiqaruvchilari Master nomi bilan AlphaGo dasturining takomillashtirilgan namunasi o‘ynaganini tan olishdi. Mag‘lub bo‘lganlar orasida Go o‘yini bo‘yicha Xitoy chempioni ham bo‘lib, u algoritmni olqishlagan.
Go — taxta ustida o‘ynaladigan mantiqiy va strategik o‘yin bo‘lib, maydonning aksar qismini egallash bilan raqibni mag‘lub etish talab etiladi.









