Manbaga ko‘ra, jamoa Rauf Inileyev bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkan. 21 dekabrdan boshlanadigan mashg‘ulotlarni aynan Rauf Talgatovich olib boradi.

Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichi 21-28 dekabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng futbolchilar qisqa muddatli tanaffusga chiqadi. Yanvar oyining dastlabki kunlaridan boshlab tayyorgarlik yana Toshkentda davom ettiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiy 2007 yilda Osiyoning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingandi.