Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, portlash xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. U o‘zini Adan shahri shimoli-sharqida o‘z xizmat haqini olish uchun yig‘ilgan harbiylar guruhi oldida portlatib yuborgan. Bu portlash oqibatida yana o‘nlab kishilar jarohatlangani aytilmoqda.
Bir hafta oldin Adanda xizmatga yangi chaqirilgan harbiylar lagerida ro‘y bergan portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘lgandi.











