Bugungi kunda yirik va turli hajmdagi o‘smalar bilan kun kechirayotgan ayol bo‘yin va yuz atrofidagi shishlar bilan tug‘ilgan edi. Keyinchalik, yillar davomida bu shishlar tanasiga tarqaldi. Ammo shifokorning birgina xatosi tufayli uning ahvoli yanada jiddiylashgan.
Oilasi va bir o‘g‘li bo‘lgan ayolning aytishicha, uning ahvoli kun sayin yomonlashmoqda. Bundan tashqari, qishlog‘ida hech kim u bilan ko‘rishishni istamaydi hamda uni ortidan "kartoshka xotin" deya chaqirishadi.
Jabrdiyda ayolning so‘zlariga ko‘ra, tanasidagi shishlar ba'zan shunchalik qichishadiki, ularni qashiganda qonab ketishi sabab ahvoli chidab bo‘lmas darajaga keladi. Insonlar uni ko‘rishlari bilan yuz o‘girishadi, shu sababli, uning aytishicha, ayni vaqtda u o‘limini so‘rab yashamoqda.











