O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi, pedagogika fanlari nomzodi Narbayeva Tanzila Kamalovna Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz nashriga federatsiyadagi manba ma'lumot berdi.

Ayni vaqtda kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisligi bo‘sh turibdi.

Bundan oldinroq o‘z lavozimidan ozod etilgan Elmira Basitxanova O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir o‘rinbosari lavozimida ish boshlagani haqida xabar berilgandi.