Trampning taklifi haqida saylangan prezident jamoasidagi yuqori lavozimli mulozimlardan biri ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, Flinn saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Trampga milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatlarini berib turgan.
Maykl Flinn AQSh mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasini 2012-2014 yillarda boshqargan.











