Yangi «sakkizlik» hozirgi 455 ot kuchiga ega, 4,7 litrli V8 motorni almashtiradi. Kompaniyada qayd etishlaricha, yangi dvigatel samaradorligi eskisiga qaraganda 5 foizga oshishi barobarida, o‘rtacha yonilg‘i sarfi 10 foizga kamayadi. Bunga, silindrlarning yarmini kichik yuklamalarda to‘xtatuvchi tizim tufayli erishiladi. Mazkur tizim daqiqasiga 900dan 3250gacha aylanishda ishga tushadi.

Bundan tashqari, restayling qilingan S-Class uchun bir qatorli oltilik motor ham ishlab chiqilgan. U past kuchlanishlarda qo‘l keluvchi elektr kuchaytirgichga ega. Elektr purgagich 48 voltli tizimda ishlaydi. Bu tizim ilk bora Audi SQ7 modelining «kuchaytirilgan» sakkiz silindrli motorida qo‘llanilgan.

«Mersedes»ning yangi motori 407 ot kuchiga ega bo‘ladi. Hozirgi S-Class modellariga o‘rnatiladigan dvigatellarning kuchi esa 333 ot kuchiga tengdir.
Shu bilan birga, Mercedes-Benz kompaniyasining mashhur modellari uchun 312 ot kuchiga ega, bir qatorli «oltilik» dizel motorini ham taqdim etgan. U 257 ot kuchiga ega V6 agregatini almashtiradi. Yangi motor ushbu kompaniya tarixida og‘ir yoqilg‘ida ishlovchi eng kuchli dvigatelga aylanadi.












