23 oktyabrda viloyatning Aksus tumanida, Qalqaman posyolkasiga 15 km yetmasdan, "Qizilo‘rda-Pavlodar" trassasida soat 21:30da 79 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan SETRA rusumidagi yo‘nalish avtobusi buzilib qolgan. Avtobus Omskdan Chimkentga kelayotgan bo‘lgan.
"Yomon ob-havo sharoitlari va yaqin atrofda aholi punkti yo‘qligi hamda -6 gradus sovuq harorat tufayli mahalliy ijroiya idoralari bilan birgalikda yo‘lovchilarni zudlik bilan Do‘stik qishlog‘iga evakuatsiya qilishga qaror qilingan", deb ma'lum qildi Imonqulov.
Voqea joyiga Kalqaman trassa tibbiy-qutqaruv punkti xodimlari jo‘natilgan. Yo‘lovchilarni Do‘stik qishlog‘idagi maktabga evakuatsiya qilish uchun qo‘shimcha "Gazel" mashinasi jalb qilingan.












