Qochqinlik Arkaxay aholi punktidagi turmadan sodir etilgan. Gaiti adliya vaziri Kamille Eduardning aytishicha, qochqinlardan biri devordan yiqilib halok bo‘lgan. Mahbuslar o‘qotar qurollarni o‘g‘irlab ketganlar.

Ta'kidlanishicha, ikki mahbus jarohat olgan. Hukumat qochqinlarni BMT tinchlikparvar kuchlari yordamida qidirmoqda.