«Men «Milan»ga kelganimda va u bilan birga o‘ynaganimda Dinoning eng yaxshi davrlari ortda qolgandi. Lekin u shu vaqtda ham to‘p bilan istaganini qila olardi.
Bunday lahzalarda uni ko‘rganingizda siz ham uni Zidan, Pele yoki Maradonadan yaxshiroq bo‘lganini his etardingiz.
U necha marta istasa, shuncha marta darvoza to‘sinini nishonga ola bilardi. U to‘p bilan shunday jonglyorlik amallarini ko‘rsatib berardiki, tasavvurga sig‘dirish qiyin. Bo‘yi 180 santimetr bo‘lgan bunday talantni boshqa topib bo‘lmaydi», – deya Boatengning so‘zlarini keltirgan Football Espana nashri.











