Gaiti hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda vaboga qarshi kurashish uchun malakali xodimlar yetishmayapti.
"Hamshiralar bor, lekin shifokorlar yo‘q. Men vabo gigiyena yo‘qligi hamda yomg‘ir va toshqinlar tufayli sizot suvlari sifatida tarqashidan xavotirlanmoqdaman", deb aytgan mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri.
Gaitida avvalgi vabo epidemiyasi 2010 yilda, kuchli zilziladan keyin yuz bergandi. O‘shanda bir yil ichida bu ofatdan 7 ming kishi nobud bo‘lgan, yarim millionga yaqin kishi virusni yuqtirgandi.











