Gubernator shtat aholisini evakuatsiya bilan hayallamaslikka chaqirdi, chunki to‘fon 6 oktabrdayoq sohilga yetib kelishini aytgan.
"Bu jiddiy. Tavakkal qilmang. Yana bir bor, agar evakautsiya qilinishingiz kerak bo‘lsa, hayallamang. Yo‘qsa bu to‘fon sizni o‘ldiradi. Vaqt ziqdir", deb aytgan Skott.
Floridada 2 mln dan ko‘proq odam evakuatsiya qilinishi kerak.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘fon 140 kishining umriga zomin bo‘lgan.











