Kuzatuv kamerasiga tushirilgan video YouTube’da mahalliy Gwinnett Daily Post nashri tomonidan e'lon qilingan. Unda 3 kishi o‘g‘rilikka tushgani, ammo ularni uy egasi haydab yuborganini ko‘rish mumkin.

Ayol restoran egasi bo‘lib, kamera o‘rnatilgan xona ombor sifatida foydalanilgan. U jinoyatchilarni sezgani hamon ularga qarata o‘t ochgan, so‘ng 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. Uyda undan tashqari bir erkak bo‘lgan, u jarayon oxirida chiqib keladi. Talonchilardan biri keyinroq olingan jarohat oqibatida olamdan o‘tgan.