"Imperatorning rasmiy vazifalar yukini kamaytirish va shunga bog‘liq masalalarni muhokama etish uchun maslahat kengashi tuzildi", - dedi Suga. Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya ichiga Yaponiya biznes federatsiyasining (Keydanren) olti nafar prezidenti kirgan.
Eslatib o‘tamiz: joriy yilning iyul oyida Yaponiya OAVda imperator o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li Naruxito foydasiga taxtdan voz kechishi haqida gapirib o‘tilgan edi. Bu ma'lumotni turli darajada inkor etib kelishdi. Ammo 8 avgust kuni mamlakat imperatori o‘z sog‘lig‘i haqida xalqqa murojaati vaqtida gapirib o‘tgan.










