Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, otishma bilyardxona binosi oldida ro‘y bergan. Noma'lum kishi bino oldidan o‘tib ketayotgan mashinadan o‘q uzgan va voqea joyidan yashiringan. 

Orlando politsiyasi bino oldida taxminan 200 nafar kishi bo‘lganligini xabar qildi. Jabrlanuvchilarning biri o‘sha yerning o‘zidayoq jon berdi. Qolgan 6 nafar kishi shifoxonalarga yetkazilgan. 

Voqea yuzasidan guvohlar so‘roq qilinmoqda. Hozircha hujum aynan kimga qaratilganligi noma'lum.