Endilikda, Kyodo agentligining xabar qilishicha, bosh vazir Sindzo Abe bu haqda parlamentning navbatdan tashqari sessiyasida e'lon qiladi. 

Yapon hukumati, biron bir huquqiy xulosa qilishdan avval turli soha ekspertlarining bu masaladagi fikrini bilishga qaror qilgan. Gap shundaki, Yaponiya qonunchiligi imperatorning taxtdan o‘z ixtiyori bilan voz kechishni nazarda tutmaydi. Abe, Akixitoning avgust oyidagi murojaatidan keyin, monarxning so‘zlariga zudlik bilan izoh berib, bu masalani "jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak"ligini aytgandi.

OAV esa, faqat Akixito uchun maxsus qonun ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida yozgandi. Biroq, ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, mamlakat fuqarolarining aksariyati bunday qonun Yaponiyaning boshqa imperatorlariga ham tegishli bo‘lishi lozim, degan fikrda. Shunga qaramay, Abe hukumati Akixito uchungina amal qiladigan qonun loyihasini ishlab chiqish niyatida. Qonun loyihasi kelasi yil tayyor bo‘ladi. Shunday qilib, maxsus komissiya tarkibiga Konstitutsiya va ma'muriy huquq sohasi mutaxassislari, tarixchilar va madaniyatshunoslar kiradi.