"Bu Shimoliy Koreya o‘tkazgan eng yirik yadroviy sinov bo‘lishi mumkin, 20-30 kilotonna, undan kam emas", deb aytdi Lyuis.

Avvalroq AQSh geologik xizmati Shimoliy Koreyada Pangiri yadroviy poligoni hududida zilzila emas, balki portlash yuz bergan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi. 

Shu bilan birga, Janubiy Koreya xavfsizlik bo‘yicha milliy qo‘mitaning favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish niyatidaligini ma'lum qilgan.