"Men boksni sog‘indim. Men boks olamida o‘sdim. Ringga chiqmaganimdan beri o‘zimni yolg‘iz his qilayapman. Boks – mening his-hayajonimdir.
Men Vargasni kamsitmoqchi emasman. U chempion va men har doim raqiblarimni kuchli bokschi deb bilganman", - deya Pakyao so‘zlarini keltiradi Ring TV.
Xabarlarga ko‘ra, Pakyao shu yilning 5-noyabrida ilk o‘rta vazn toifasida WBO tasnifi bo‘yicha jahon chempioni Jyessi Vargas bilan ringga chiqadi.











