2015 yilning oktabrida XOK ijroiya qo‘mitasi Kuvayt Milliy olimpiya qo‘mitasini Kuvaytda sport ishlariga davlat tomonidan haddan ortiq darajada aralashuv mavjudligi uchun chetlatgandi. Natijada kuvaytlik sportchilarning bir qismi Rio-de-Janeyro olimpiadasida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bayrog‘i ostida ishtirok etdi.

May oyida FIFA ham Kuvayt futbol federatsiyasini yuqorida keltirilgan sababga ko‘ra chetlatgandi.