"Tesla maxfiy bosh rejasining ikkinchi qismi ustida ish olib borilmoqda. U haqida biroz kechroq, shu haftada ma'lumot berilishiga umid qilamiz", - deyiladi xabarda. AQShda haftaning birinchi kuni yakshanba hisoblanadi.
Mask 2006 yilning avgust oyida ham xuddi shunday ma'lumot bergan. O‘shanda u blokda "Tesla Motors'ning maxfiy bosh rejasi (faqat oramizda qolsin)" sarlavhasi ostida maqola chiqargan, unda Mask keyinchalik Model S va Model 3 nomlarini olgan elektromobillar ishlab chiqarish niyati borligi to‘g‘risida xabar qilgandi. Bu galgi yangilik qanday bo‘lishiga oydinlik kirtilmagan.










