Surxondaryo viloyati hokimligi va «Turonbank» ATB ishtirokida bunyod etilayotgan zamonaviy dor yo‘li, mehmonxonalar va dam olish maskanlari bu hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ichki va xorijiy turizmni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Sangardak - bu faqat sharshara yoki tog‘lar emas. Bu - Vatanimizning bebaho tabiiy boyligi, yurtimiz taraqqiyoti va bunyodkorlik siyosatining amaliy natijasidir. Har bir tashrif buyuruvchi bu yerda tabiat go‘zalligi bilan birga Yangi O‘zbekistonning ulkan bunyodkorlik ruhini ham his etadi.
✨ Sangardak - bugunning faxri, ertangi avlodlar uchun yaratilayotgan bebaho meros.
Reklama huquqi asosida











