Yevropadagi rekord darajadagi issiq Dunay daryosida suv sathi so‘nggi 30 yil ichidagi eng past darajaga tushishiga olib keldi. Daryo sayozlashishi nafaqat kemachilikka to‘sqinlik qilmoqda, balki Vengriya va Ruminiyadagi atom elektr stansiyalari ishlashiga ham ta’sir qilmoqda. Bu vaqtda Bolgariyada olimlar suv sathi pasayishi tufayli mamontlar suyaklarini topib olgan. Serbiyada esa nemislarning Ikkinchi jahon urushi davrida, 1944-yilda cho‘kib ketgan harbiy kemalari qoldiqlari suv yuzasiga chiqib qolgan. Ekspertlar baholashicha, Dunay tubida jami 200 ga yaqin turlicha kemalar, jumladan, buksirchi kemalar va barjalar yotibdi. Ular daryoning bir qancha uchastkalarida kemalar suzishini qiyinlashtiradi, bu esa yuk tashish kechikishiga va Serbiya uchun yillik moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi. 2024-yilda Yevroittifoq Dunayni qoldiqlardan tozalash bo‘yicha loyihani yo‘lga qo‘ygandi. Bu vazifa 2028-yilgacha bajarilishi ko‘zda tutilgan. Quyida sayozlashib qolgan Dunay qanday ko‘rinishda ekani aks etgan fotosuratlar.

Dunayda suv sathi pasayishi tufayli paydo bo‘lgan qumloqdagi sigirlar, Ruminiya janub-sharqidagi Kelerashi shahri. 2026-yil 18-iyul
Ovidiu Micsik / Inquam Photos / Reuters / Scanpix / LETA
Dunayning sayozlashgan qismidagi qayiqlar, Ruminiya janubidagi Korabiya shahri hududi. 2026-yil 24-iyul
Daniel Mihailescu / AFP / Scanpix / LETA
Dunayning Avstriyadagi irmoqlaridan biri – Guzen daryosining qurib qolgan qismidagi jonsiz baliqlar. Kuchli issiq tufayli Dunayning ushbu mamlakatdagi ayrim kichik irmoqlari butunlay qurib qolgan. 2026-yil 2-avgust
Christian Bruna / Getty Images
Dunayning Budapeshtdagi ko‘rinishi, 2026-yil 28-iyul. Kun issiqligi va yog‘ingarchiliklar yo‘qligi tufayli daryoda suv sathi rekord darajada pasayib, 31 santimetrni tashkil etmoqda. Oldingi rekord 2018-yil 25 oktyabr kuni qayd etilgan. O‘shanda Budapeshtda suv sathi 33 santimetrgacha pasaygandi
David Balogh / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Serbiyaning Praxovo shahrida nemislarning Ikkinchi jahon urushi davrida cho‘kib ketgan kemasi atrofida cho‘milayotgan kishilar. Bunday kemalar Dunayda suv sathi pasayishi tufayli yuzaga chiqib qolmoqda. 2026-yil 30-iyul
Djordje Kojadinovic / Reuters / Scanpix / LETA
Dunayda cho‘kib ketgan nemis kemasi, Serbiya. 2026-yil 30-iyul
Nenad Mihajlovic / AFP / Scanpix / LETA
Novi-Sad yaqinida Dunayning sayozlashib qolgan qismidagi qayiq, Serbiya. 2026-yil 27-iyul
Nenad Mihajlovic / AFP / Scanpix / LETA
Dunay uzra qurilayotgan ko‘prik, Novi-Sad, Serbiya. 2026-yil 27-iyul
Nenad Mihajlovic / AFP / Scanpix / LETA
Bolgariyaning Ruse tarixiy muzeyi olimlari Dunaydagi suv sathi pasayishi tufayli topib olgan mamont qoldiqlari. 2026-yil 30-iyul
Dunayning Vengriyadagi qishloqlardan biri hududidan o‘tgan qismida paydo bo‘lgan orolcha. 2026-yil 1-avgust
Marton Monus / Reuters / Scanpix / LETA
Xorvatiyaning Batini shahri yaqinida Dunayda cho‘milayotgan kishilar. 2026-yil 2-avgust
Antonio Bronic / Reuters / Scanpix / LETA
Ruminiyadagi Chernavodsk AESga suv oqimini yaxshilash uchun suv osti qoyalari nazorat ostida portlatildi. 2026-yil 3-avgust
Andreea Alexandru / AP / Scanpix / LETA
Vengriyadagi «Paksh» atom elektr stansiyasi. Dunayda suv sathi pasayishi tufayli 2-avgustga o‘tar kechasi ushbu AESning ishlab turgan so‘nggi energobloklaridan biri faoliyati to‘xtatildi. 3-avgust kuni elektr stansiya 44 yil ichida ilk bor ishlashdan to‘liq to‘xtagan.
Balint Szentgallay / NurPhoto / Getty Images