Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarning fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini aniqlash imkonini beruvchi yangi onlayn xizmat ishga tushirildi.

Mazkur xizmat orqali abituriyentlar mutaxassislik fani hamda ta’lim tili kesimida respublika bo‘yicha nechanchi o‘rinda turganini onlayn tarzda tekshirishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun agentlikning maxsus Telegram botlarini ishga tushirish kifoya. Ular orqali abituriyentlar test natijalari bilan bir qatorda mutaxassislik fani bo‘yicha reytingdagi o‘rni haqidagi ma’lumotni ham tez va qulay tarzda olishlari mumkin.

Ushbu yangilik abituriyentlarga tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha raqobat darajasini baholash hamda qabul jarayonini yaqindan kuzatib borish imkonini beradi.