Qonunchilikka kiritilgan yangi normaga muvofiq, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalardan foydalanadigan sanoatlashgan bog‘lar uchun quduq suvidan foydalanish bo‘yicha soliq imtiyozi joriy etildi.

Unga ko‘ra, mazkur toifadagi bog‘larda burg‘ilangan quduqlardan olingan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi besh yil davomida ramziy ravishda 1 so‘m etib belgilanadi.

Mazkur imtiyoz suv resurslaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda qishloq xo‘jaligida suv sarfini qisqartirishga qaratilgan.