2026 yil yanvar–iyun oylarida jami 127 241 nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,2 ming nafarga yoki 24,7 foizga oshgan.

Turkiyaga 104 289 nafar kishi sayohat maqsadida borgan bo‘lsa, 19 629 nafar kishi qarindoshlarni yo‘qlash uchun borgan.

Davolanish maqsadida borganlar 1 608 nafarni, xizmat yuzasidan safar qilganlar esa 967 nafarni tashkil etadi.

Yana 748 nafar o‘zbekistonlik esa Turkiyaga o‘qish maqsadida borgan.