Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 23 may kuni Hindistonning Nyu Dehli shahrida AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor ham ishtirok etgan.
 

«AQSh davlat kotibi Marko Rubioning Hindistonga tashrifi munosabati bilan Nyu Dehli shahrida uyushtirilgan qabul marosimida qatnashdim.

Amerikalik hamkorlarimiz bilan savdo aloqalarini kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha jonli hamda mazmunli muloqotimizni davom ettirish imkoniyatidan mamnunman», – deyiladi PA rahbarining telegram-kanalidagi xabarda.