Qarorga muvofiq, Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasidagi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2024 yil 4 iyul kuni Ostona shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida imzolangan.

Qarorga binoan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari ijrosini ta’minlash va amalga oshirilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.