Tergovga qadar tekshiruv materiallariga ko‘ra, A.G.S. MChJ rahbari D.K. fuqaro M.X. bilan til biriktirib, imtiyozli tartibda taqsimlanishi kerak bo‘lgan 10 200 kg suyultirilgan gazni 76,5 mln so‘mga sotishga kelishgan. Tezkor tadbir chog‘ida Kamaz rusumli gaz tashuvchi yuk avtomashinasiga 10 360 kg gaz yuklab berilayotgan vaqtda ular ushlangan.
Hodisa joyida fuqaro A.F.ning avtomashinasidan 35 mln so‘m va 2 000 AQSh dollari pul mablag‘i ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.











