Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Shimoliy Yevropa davlatlari o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish hamda sayyohlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi.

2025 yil oktyabr oyidan boshlab ushbu aviakompaniya tomonidan "Toshkent – Kopenhagen – Toshkent" yo‘nalishi bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yilayotgani, Markaziy Osiyo va Skandinaviya davlatlarini keng targ‘ib qilish, jumladan qo‘shma turizm va madaniy tadbirlarni tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Hamkorlik doirasida Shimoliy Yevropa mintaqasidagi yirik xalqaro sayyohlik yarmarkalarida tegishli taqdimotlar o‘tkazish hamda skandinaviyalik mashhur bloger va jurnalistlardan iborat guruhning O‘zbekistonga press-turini amalga oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.