Muloqot chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini xalqaro dengiz kemalari va kruiz laynerlarida ishga joylashtirish imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, ularning til bilish va kasbiy malaka talablari hamda ularning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish masalalari xususida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston fuqarolarining xalqaro mehnat bozorida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, xususan, dengiz va kruiz sohalarida ishlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Migratsiya agentligi mutaxassislari bilan onlayn muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.
Baltic Group International kompaniyasi xalqaro miqyosdagi dengiz sanoatidagi korxonalarni ishchi kuchi bilan ta’minlash bo‘yicha yetakchi agentliklardan biri sanaladi. Kompaniya dunyodagi yirik dengiz kompaniyalari va kruiz operatorlari bilan hamkorlik aloqalariga ega.











