Viloyat IIBB xabar berishicha, 4 nafar shaxs savdo rastalaridan taxminiy narxi 5,2 mln so‘mlik qo‘l telefonlari va aksessuarlarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan ular qo‘lga olindi. Gumonlanuvchi shaxslar tomonidan o‘g‘irlangan buyumlar jabrlanuvchilarga qaytarilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.