Qaror loyihasi bilan 2024 yil 1 yanvardan boshlab atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I-IV toifalarga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatini belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish jarayonida Ekologiya vazirligi tomonidan uglerod neytralligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilash tartibi joriy etilmoqda.

Bunda:

  • faoliyat turidan kelib chiqib, atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallarida ishlab chiqarish natijasida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini (carbon footprint) kamaytirishning aniq ko‘rsatkichlari loyiha pasporti bilan belgilanadi;
  • belgilangan ko‘rsatkichlar asosida uglerod izini kamaytirish bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan amalga oshirilishi majburiy bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;
  • davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib boriladi, uning natijalari qonunchilikda belgilangan tartibda jarima va qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llashga asos bo‘ladi;
  • davlat ekologik ekspertizasi xulosasi va uning bajarilishi yuzasidan olib borilgan ishlar bo‘yicha axborot vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.