O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 19 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘ladi.
U korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro mukofotni tantanali topshirish marosimida ishtirok etadi. Qatar amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan mukofot bilan 2016 yildan buyon har yili global miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashga qo‘shgan hissasining e’tirofi sifatida taniqli jamoat arboblari, ekspertlar va jurnalistlar taqdirlanmoqda.
Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar ham bo‘lib o‘tadi.











