Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarovni «Qirg‘iziston Respublikasi faxriy yorlig‘i» bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

«O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida madaniyat va sport sohasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun – Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo aralash jang san’ati konfederatsiyasi (MMA) rahbari Otabek Muhammadiyevich Umarov Qirg‘iziston Respublikasi Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi», deyiladi hujjatda.