Ma'lum qilinishicha, qonun loyihasi 3 ta moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qator asosiy qo‘shimcha kiritishni o‘z ichiga olgan. Xususan, loyihada go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda), so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni xorijdan O‘zbekistonga olib kirishda va realizatsiya qilishda QQS bo‘yicha imtiyozlar berilishi nazarda tutilgan.

“Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, narxlar barqarorligini saqlashga xizmat qiladi” – deyiladi quyi palata xabarida.