Afg‘onistonning Jalolobod shahrida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Asvaka agentligi xabar berdi.

Ma'lumot berilishicha, hodisa Kobul-Hada mavzesida yuz bergan.

Toliblar o‘tirgan avtomobil gavjum ko‘chalardan biridan o‘tayotganida portlovchi qurilma ishga tushirilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ikki nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.