5-7 iyun kunlari Toshkentda qo‘l jangi bo‘yicha VI Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston Qo‘l jangi federatsiyasidan xabar qilishlaricha, mezbon sportchilar 8 ta oltin, 11 ta kumush va 11 ta bronza – jami 30 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida 2-o‘rin Rossiya, 3-o‘rin Qozog‘iston terma jamoasiga nasib etdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, chempionatda 30 ta mamlakatdan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.











