O‘zbekiston terma jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarimiz nomini e'lon qildi. Unga ko‘ra, 14 nafar sportchimiz mazkur dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida o‘smirlar Olimpiadasi sovrindorlari Muhammadqodir Toshtemirov, Kumushxon Fayzullayevalar joy oldi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan bo‘lgan Nigora Abdullayeva(-55 kg) va Tursunoy Jabborova (-76 kg)lar ham ushbu musobaqada vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot uchun, ushbu musobaqa Tokio-2020 Olimpiadasi reytingi uchun ham qimmatli ochkolarni taqdim etadi.