Dastlabki tergov davomida, S.X. tuman xalq deputatlari kengashi deputati bo‘lgani sababli, uni deputatlik daxlsizligidan chiqarish va jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik olish uchun tuman xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma kiritilib, jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan harakatdan to‘xtatilgan.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 14 aprel kuni S.X. deputatlik daxlsizligidan chiqarilgani va jinoiy javobgarlikka tortish uchun tuman xalq deputatlari kengashidan rozilik olingani sababli, shu kuni ish yuzasidan tergov harakatlari tiklangan.

“Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi”, deyiladi ma'lumotda.