12 yanvarda Iroq shimolidagi Balad aviabazasiga hujum qilindi. Amerikalik harbiylar joylashgan bazaga hujum vaqtida 4 kishi yaralangan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Iroqlik harbiylar bayonotida aytilishicha, bazaga Bag‘doddan 80 km shimoldan “Katyusha” turidagi 8 ta raketa bilan zarba berilgan.

Harbiy manbalarning ma'lum qilishicha, hujum vaqtida iroqlik askarlar yaralangan. Ularning ta'kidlashicha, 7 ta raketa uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushgan. Amerikalik harbiylar orasida jabrlanganlar borligi ma'lum qilinmagan.

Bayonotda hujum ortida kim turganiga aniqlik kiritilmagan.

8 yanvarda Eron qurolli kuchlari “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban amerikalik harbiylar tomonidan Iroqda foydalaniladigan ikkita obekt - Bag‘doddan 160 km uzoqlikda joylashgan Ayn-al-Asad aviabazasi va mamlakat shimolidagi Erbil aeroportiga raketa zarbalari bergan.