Trampni loyihaga rahbarlikni Kushnerga topshirishga qurilishning "jadal emasligi" majbur qildi, deb yozadi nashr.
Kushner Oq uyda ikki haftada bir marta yig‘ilish o‘tkazib, qurilishning borishi va xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadi hamda Trampni bundan xabardor qiladi.
Nashrning yozishicha, Kushner bahorgacha oyiga 48-56 kilometr devor qurib bitkazilishini, 2020 yil oxirigacha uning 724 kilometri bitishi kerakligini talab qilgan.
Noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun chegarada devor qurilishi Trampning saylovoldi va'dalaridan biri bo‘lgandi.











